Vengriya o‘zbekistonlik talabalarga mamlakat oliygohlarida ta’lim olish uchun qo‘shimcha stipendiyalar taklif qiladi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vaziri ma’lum qildi.
Kecha, 4-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlarning kun tartibidagi masalalar hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari, muzokaralarni oliy darajada davom ettirish, joriy yilda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy konsultatsiyalarning navbatdagi bosqichini o‘tkazish muhokama qilindi.
Tomonlar BMT, Yevropa Ittifoqi, YXHT va Turk davlatlari tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalarini ham muhokama qildilar.