University of Cambridgeʼdan Gates stipendiyasi

Buyuk Britaniyada chet ellik talabalar uchun stipendiya eʼlon qilindi. Dedlayn – 2021-yil dekabr, 2022-yil yanvar.

Gates Cambridge Scholarship stipendiya dasturi – jahon boʻyicha eng nufuzli stipendiyalardan biri. Stipendiya Kembrij universitetida magistr yoki PhD maqomini olishni maqsad qilgan ilgʻor chet ellik talabalarga moʻljallangan. Har yili 95 nafar xorijiy talaba Geyts stipendiyasiga munosib topiladi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

• taʼlim xarajatlari toʻlovi;
• bepul turar joy;
• transport xarajatlarini qoplash;
• qoʻshimcha moliyalashtirish (tadqiqot faoliyati, oilani taʼminlash).

Talablar:

• stipendiya chet ellik talabalarga taqdim etiladi (Buyuk Britaniya fuqarolari stipendiya uchun nomzod boʻla olmaydi);
• talabalar quyidagi dasturlardan biriga qabul qilinishi lozim: MSc yoki MLitt (2 yillik tadqiqot), MPhil, LLM, MASt, Diploma, MBA (1 yil taʼlim) magistratura dasturi yoki PhD aspirantura dasturi (3 yillik tadqiqot).

Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.