Ukrainadan qaytgan talabalarga mahalliy oliygohlarga osonlashtirilgan tartibda o‘qishni koʻchirishga ruxsat berildi

Talabalar joriy yilning 26-aprelidan boshlab oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishlari mumkin.

Oldingi yillarda o’qigan yoki talabalar safidan chetlatilgan hamda akademik ta’tilda bo‘lgan talabalarning arizalari koʻrib chiqilmaydi.