«Total diktant-2023» sanasi ma’lum bo’ldi

2023 yilgi umumiy diktant 8 aprel kuni bo’lib o’tadi. Har bir inson o’z savodxonligini sinab ko’rish va zamonaviy rus adabiyoti bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu yil Vladivostoklik yozuvchi Vasiliy Avchenko diktant uchun matn tayyorladi.

Yillik ma’rifiy aksiya 8 aprel kuni Toshkentning bir nechta joylarida va bir qator viloyatlarda bo’lib o’tadi. O’tgan yili u 108 mamlakatni qamrab oldi va 780 mingdan ortiq odamni birlashtirdi.