«To‘siqlar» fotoko‘rgazmasining ochilishi

Toshkent Fotosuratlar uyida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan fotoko‘rgazma tashkil etiladi.

Bugun Toshkent fotografiya uyida Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuniga bag‘ishlangan «To‘siqlar» nomli fotoko‘rgazma ochiladi.

Ko‘rgazmada rassom va fotosuratchilar tomonidan tayyorlangan installyatsiyalar namoyish etiladi. Ularda nogironligi bo‘lgan bolalarning orzulari va ularga erishish yo‘lidagi to‘siqlar o’z ifodasini topgan.

Ko‘rgazmada professional fotosuratchilarning ijod namunalari bilan bir qatorda nogironligi bo‘lgan insonlar tomonidan olingan fotosuratlar ham namoyish etiladi.

Ularda turli insonlarning his-tuyg’ulari aks ettirilgan bo’lib, biz turlimiz, biroq biz tengmiz degan g‘oya ilgari suriladi.

Ko‘rgazma joriy yilning 10-dekabr kunigacha ochiq bo’ladi. Kirish bepul.

Ko’rgazma tashkilotchisi – Zamin Foundation.