Toshkentdagi Rus uyi Rossiyaga qisqa muddatli sayohat qilishni xohlovchilarni tanlab oladi

Bu safar Krasnogorskga (Moskva viloyati) borish taklif qilinmoqda. Bu erda, 1 – 6 sentyabr kunlari «A City» ijodiy industriyasining Butunrossiya seminari doirasida tadbirlar bo’lib o’tadi (arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati – 2022 yil 5 avgustgacha).

Ishtirok etish shartlari:
– Siz 25 yoshdan 35 yoshgacha bo’lishingiz;
– “Yangi avlod” dasturida hali ishtirok etmagan bo’lishingiz lozim.

“Nima uchun aynan men *tanlangan tadbirga* borishim kerak” mavzusidagi motivatsion xatni va rezyumeingizni, shuningdek tavsiya xati, yutuqlar ro‘yxatini [email protected] manziliga yuborish kerak.