Toshkentda talaba qiz ayollarni tashqi ko’rinishini tanqid qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum fuqaro ayollarning tashqi qiyofasini tanqid qilgan va paranji kiyishga da’vat qilgan videolar tarqaldi.

Ma’lum bo’lishicha, qiz 2003 yilda tug’ilgan poytaxt universitetlaridan birining talabasi bo’lgan. U ushbu videoni diniy qarashlari va internetda o’qigan ma’lumotlariga asoslanib yozgan.

Shuningdek, u uyda paranji tikish va sotish bilan shug’ullangani aniqlangan.

Shu sabablarga asoslanib fuqaroga nisbatan protokol tuzildi. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (15 000 000 so’m) miqdorida jarima solindi.