Toshkentda Italiyaning Piza universiteti ochiladi

“Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etildi.

Filialda geologiya bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yo‘nalishida tadqiqotlar o‘tkaziladi va ularning natijalari amaliyotga joriy etiladi.

Filialda taʼlim 2022/2023 o‘quv yilidan kunduzgi shaklda o‘zbek, ingliz va rus tillarida kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga Piza universiteti diplomi beriladi.

Qabul paramertlari mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.