Toshkentda opera festivali boshlandi

18–28-may kunlari poytaxtimizdagi metro, maydonlar, istirohat bog‘lari, restoranlar, savdo markazlarida o‘nlab bepul konsertlar va flesh-moblar o‘tkaziladi.

Toshkent opera festivali doirasida yorqin lahzalar, betakror chiqishlar va unutilmas taassurotlarga boy turli tadbirlar o‘tkaziladi.