Toshkentda oʻtkaziladigan eng yaxshi tematik bayramlar

Dam olish kunlari oʻtkaziladigan ajoyib va quvnoq kechalar roʻyxatini taqdim etamiz.

Bourbonʼda Maykl Jekson uslubidagi kecha

28-yanvar kuni Bourbon restoranida Maykl Jekson ijodi ixlosmandlari uchun uning uslubida kecha boʻlib oʻtadi.

Mehmonlarni boshlovchi, didjey va yumorist Via Khalif, DJ Kachell, Reginight show, Timur Radjabov va Satira Show ishtirokidagi shou dasturi kutadi. 

Shunday ekan, barchaga mashhur oyga yoʻl raqsini oʻrganib, maza qilib raqsga tushishning vaqti keldi.

 • Fabisʼda maskarad kechasi

28–29-yanvar kunlari Fabis restorani Masquerade Party nomli kostyumli bayram oʻtkaziladi.

Dasturda boshlovchi Temurlan, Milan band, Setor Band va DJ Bajjoʼdan jonli ijro hamda 1 million soʻmlik vaucher oʻynaladi.

Kostyumlarni tayyorlang, malakalarni taqing va maskaradga yoʻl oling.

 • Santiniʼda musiqiy kecha

Santini Bar & Terrace barchani 27–29-yanvar kunlari takrorlanmas kechalarga taklif etadi.

Tashrif buyuruvchilar uchun layn-ap: Nasr band va Manhattan band konsertlari tayyorlangan.

Sifatli musiqani xush koʻruvchilar uchun ajoyib kechalar boʻladi.

 • Na Nebe restoranida bayramlar

Na Nebe restoranida 30-yanvargacha bir qator ajoyib kechalar oʻtkaziladi.

Dasturga DJ Samʼdan Na Nebe Show, Rennesans band chiqishlari, DJ Isma Greyʼdan shou kiritilgan.

Koʻngil yozishni xohlayotgan barchani taklif etamiz.

 • Gostyʼda kechki shou-dastur

29–30-yanvar kunlari Gosty restorani energiyaga toʻla boshlovchi ishtirokida yorqin shouga taklif etadi.

Sahar band, DJ King Macarella va Bek band, DJ Shelest musiqiy toʻplamlari dasturdan oʻrin olgan.

Doʻstlar bilan dildan koʻngil yozish imkonini boy bermang.