Toshkentda muzeylar haftaligi bo’lib o’tadi

O’zbekiston davlat amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi muzeyida O’zbekiston mustaqilligining 31 yilligiga bag’ishlangan «mustaqillik davrida qayta tiklangan hunarmandchilik» nomli an’anaviy muzeylar haftaligi bo’lib o’tadi.

2-8 sentyabr kunlari, shu jumladan quyidagi muzeylarga kirish bepul bo’ladi:

Abdulla Qodiriy uy muzeyi;
Yunus Rajabi uy muzeyi;
Ural Tansykbaev uy muzeyi;
Tamara Xonim uy muzeyi;
Sergey Yesenin uy muzeyi.

Eslatib o’tamiz, har oyning birinchi yakshanbasida muzeylarda «ochiq eshiklar kuni»ham o’tkaziladi.