Toshkentda «Microsoft» kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘quv-ilmiy laboratoriya ish boshladi

10-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida zamonaviy Raqamli transformatsiya o’quv-ilmiy laboratoriyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Laboratoriyada professor-o’qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar bevosita «Microsoft (Daniya) kompaniyasi dasturlaridan foydalanish imkoniga ega bo’ladilar. Shu bilan birga sun’iy intellekt sohasida nazariy va amaliy bilimlarni oshirish imkoniyati yaratiladi.

Tadbir davomida «Microsoft» kompaniyasining «Sun’iy intellekt arxitekturasi» departamenti boshlig’i Umid Ahmedov tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

«Microsoft» kompaniyasi bilan «Sun’y intellekt» va «Big Data» bo’yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari uchun doimiy onlayn kurslarni tashkil etish bo’yicha kelishuvni yo’lga qo’yish bo’yicha kelishib olindi. Shunningdek, sun’iy intellekt va uni qo’llash texnologiyalari asosida o’qitish bo’yicha kiritilayotgan o’quv fanlari o’rganilib, xorijiy ekspert sifatida «Microsoft» kompaniyasining «Sun’iy intellekt arxitekturasi» departamenti boshlig’i Umid Ahmedov jalb etildi.

Mazkur o’quv-ilmiy laboratoriya faoliyatining yo’lga qo’yilishi bakalavriat va magistraturaning o’quv rejasiga muvofiq kiritilgan «Sun’iy intellekt 1, Sun’iy intellekt 2» hamda «Sun’iy intellekt va neyrotexnologiyalar» fanlari bo’yicha dars mashg’ulotlarini chuqurlashtirib o’rgatish imkonini beradi.