Toshkentda ijodiy master-klasslar

Sanʼat ixlosmandlari uchun dam olish kunlari boʻlib oʻtadigan master-klasslar.

Futbolkalar boʻyash

15-yanvar 11:00da Human Houseʼda boʻlib oʻtadigan master-klass ishtirokchilari futbolkalarni tay-day yapon texnikasi bilan boʻyash imkoniga ega boʻladilar. Roʻyxatdan oʻtishda oʻlchamingizni koʻrsatish yoki oʻz futbolkangizni olib kelishingiz kerak. Narxi: oʻz futbolkangiz bilan kelsangiz 100 000 soʻm, futbolkasiz 140 000 soʻm.

Shopperlarga chizish

Masterskaya art-makonida 16-yanvar 15:00dan 16:30gacha shopperlarga surat chizish boʻyicha master-klass tashkil etiladi. Bir kishi uchun narxi: 170 000 soʻm. 

Loyterapiya

Human Houseʼda 16-yanvar 11:00dan boshlab istalgan vaqtda kulolchilik master-klassi boʻlib oʻtadi. Shaksiz loy parchasidan eksklyuziv vaza, likopcha, piyola yashashingiz mumkin. Bir kishi uchun narxi: 55 000 –75 000 soʻm.

Sopol idishlar yasash

«Art-baza» studiyasida 15-yanvar kuni 16:00da choy va kofe uchun chashkalar, Monsterlar bargi uslubida idishlar yasash mavzusida mahorat darsi oʻtkaziladi. Haftalik tanaffus bilan jami 2 ta dars boʻlib oʻtadi, bunda ishtirokchilar loy bilan ishlab, unga shakl berishadi va uni pechga yuborishadi. Soʻng buyumlar qoplanadi. Ikkinchi pechdan soʻng, yaratilgan goʻzalliklarni olib ketish mumkin. 2 ta dars uchun narxi: 240 000 soʻm.

Likopchalarni boʻyash

15-yanvar soat 13:00 – 15:00da Masterskaya art-makonida likopchalarni boʻyash boʻyicha master-klass tashkil etiladi. Bir kishi uchun narxi: 220 000 soʻm.

Epoksid smola

15-yanvar 17:00da floristika maktabida master-klass ishtirokchilari bloknot, stakan uchun turgich va kitoblar uchun belgilarni smola yordamida bezashlari mumkin. Master-klass uchun jihozlar maktab tomonidan taqdim etiladi. Bir kishi uchun narxi: 400 000 soʻm.

Tasviriy sanʼat

Bonum Factum galereyasi 16-yanvar 14:00da barcha xohlovchilar uchun yogʻli va oltin rangli interyer surati boʻyicha mahorat darsini oʻtkazadi. Barcha materiallar narx ichida. Bir kishi uchun narxi: 225 000 soʻm.

«Sansara» ustaxonasi 15–16-yanvar kunlari istalgan kompozitsiyani vitraj boʻyoqlar bilan chizish master-klassini tashkil etadi. Bir kishi uchun narxi: 150 000 – 250 000 soʻm.

Masterskaya art-makoni oʻz mehmonlariga 16-yanvar 12:00dan 14:00gacha boʻlib oʻtadigan «Dengiz» mavzusidagi resin-art master-klassida ishtirok etishga taklif etadi. Bir kishi uchun narxi: 170 000 soʻm.