Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi xalqaro darajada e’tirof etildi

Rossiya Federatsiyasining Qozon davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan Xalqaro yoshlar tibbiy forumida Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Farruxjon Ashurboyev ilmiy faoliyati bilan ishtirok etdi.

Anjumanda talabamizning ilmiy ishi hay’at a’zolari tomonidan yuqori baholanib, Farruxjon Ashurboyev 1-darajali diplom va statuetka bilan taqdirlandi.