Toshkent shahridagi Inha universitetida ayollar uchun trening bo‘lib o‘tmoqda

2023-yilning 2-3-4-may kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Fintech Assotsiatsiyasi tomonidan USAID loyihasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda WE (Tadbirkor ayollar) FinTech ta’lim dasturi doirasida ayollar uchun trening bo‘lib o‘tmoqda.

Amaliy kurs o’z mahsulotiga ega bo’lgan va bozorda tovarlarni ilgari surish haqida o’rganishni xohlovchi, shuningdek, ilhom izlayotgan va endigina o’z biznesini ochishni rejalashtirayotgan tadbirkor ayollar uchun tashkil etilgan.

Dastur yakunlangach, ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi