2008 yilda tashkil etilgan Yevrosiyo Oliy Ta’lim Muassasalari Assotsiatsiyasi — EURAS Yevrosiyo mintaqasidagi universitetlar va boshqa oliy ta’lim muassasalarini qamrab olgan ittifoqdir.
EURASga Daniya, Shveysariya, Rossiya, Qozog‘iston, Latviya, Ozarbayjon, Xitoy, Xorvatiya, Misr, Gruziya, Hindiston, Italiya, Portugaliya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Ukraina kabi jami 47 ta davlatdan 131 ta oliy ta’lim muassasalari a’zo edi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Yevrosiyo Oliy Ta’lim Muassasalari Assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi va a’zo davlatlar soni 48 taga, oliy ta’lim muassasalari soni 132 taga yetdi.
Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasasining Yevrosiyo Oliy Ta’lim Muassasalari Assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lishi bu maskandagi ta’lim jarayonining dunyoviy ilmiy-intellektual, badiiy-estetik va ma’naviy-axloqiy madaniyat yutuqlari bilan boyishiga, o‘zaro hamkorlik aloqalari orqali ta’lim sifati oshishiga zamin yaratadi.