​Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchisi Yaponiyada deputat boʻldi

Ijtimoiy tarmoqlarda aytilishicha, oʻzbekistonlik 37 yoshli Orzugul Boboxoʻjayeva 6 771 ta ovoz bilan Tokioning Setagaya shahriga deputat etib saylanibdi.

Orzugul 1985 yili Toshkentda tug‘ilgan 13 yoshida xiragana (yapon alifbosi)ni ko‘rib, uni «bir ko‘rishda sevib qolgan» va, shaxsiy saytida ta’kidlanishicha, 14 yoshidayoq Toshkent davlat sharqshunoslik institutining yapon yo‘nalishiga o‘qishga kirgan.

«14 yoshimda, talaba edim, kunduzi o‘qib, tunda mehmonxonada ham mehmonlarni ro‘yxatga oluvchi administrator, ham yapon tili tarjimoni bo‘lib ishlardim. Gid sifatida ishlay boshlaganimdan keyin moddiy ahvolimiz o‘nglanib, hammasi yaxshi bo‘lib ketdi», deb yozadi u.

Orzugul harqshunoslik institutini tamomlab, 2007-yilda Yaponiyaga ketgan. Bugun esa deputatga aylandi.