«Tolerance» plakatlar tanlovi

Graphic Stories jurnali talabalar va dizaynerlar o‘rtasida xalqaro tanlov e’lon qildi. Dedlayn – 2021-yil 15-noyabr.

Tanlovda universitet talabalari va professional dizaynerlar ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun anketani to’ldirib, ijodiy ishni tanlov veb-saytiga yuborish kerak.

Ishtirokchilardan «bag’rikenglik» mavzusiga plakatlar qabul qilinadi.

Tanlovning asosiy sharti plakati o’zida «Tolerance» so’zi va «Graphic Stories» logotipini ko’rsatishdir.

Har bir ishtirokchi ikkitagacha rasm yuborishi mumkin.

To’ldirilgan shakl bilan birgalikda ish mavzu bo’yicha ishtirokchilar toifasini ko’rsatgan holda [email protected] manzilida qabul qilinadi.

Tanlov g’oliblari Parachute Font Package va homiylarning sovg’alariga ega bo’ladilar. 50 nafar ishtirokchiga esa sertifikat beriladi.

Tanlov tashkilotchisi – Graphic Stories jurnali.

Tanlov haqida batafsil ma’lumotni bu yerda topishingiz mumkin.