Tojikiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yanada kengayadi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib turibdi. Bugun vazir Ibrohim Abdurahmonov Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Unda tomonlar qo‘shma ilmiy tanlovlar loyihalarini o‘tkazish, talaba va yosh olimlarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yoshlar o‘rtasida startap loyihalarini amalga oshirish, raqamlashtirish sohasida ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, nanotexnologiya, geologiya, biotexnoliya, sun’iy intellekt va boshqa sohalarda chuqur tadqiqotlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida ana’naviy o‘tkaziladigan INNOWEEK haftaligi doirasida Tojikistondagi ilmiy ishlanmalar, innovatsion texnologiyalarni namoyish etish shuningdek, talabalar o‘rtasida «TechnoWays» tanlovlarini o‘tkazish takliflari bildirildi.