Tibbiyot yo’nalishi talabalari uchun Sog’liqni saqlash vazirining stipendiyasi joriy etildi

Mamlakatning har bir tibbiyot fakultetida ko‘pi bilan 5 nafar talaba stipendiya olish uchun ariza topshirishi mumkin. Nomzodlar tanlov asosida tanlanadi.

Grant miqdori Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasiga teng – 574 948 so‘m. Uning amal qilish muddati bir yil.