Test sinovlarini o‘tkazish uchun 58 ta stadion va xiyobon tayyorlanmoqda. Bunda
– 1 smenada 1 614 ta guruhda 48 420 nafar;
– 1 kunda (2 smenada) 3 228 ta guruhda 96 840 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.
Test sinovlarining ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida xalq ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining 3 500 nafarga yaqin rahbar va pedagog kadrlari guruh nazoratchilari sifatida jalb etish rejalashtirilgan.
Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev ma’lum qildi.