TDYU va JIDUning 70 nafar talabasi CUDC parlament munozaralari simulyatsiyasi chempionatida ishtirok etdi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida ikki OTM talabalarini CUDC musobaqalarining yangi bosqichiga olib chiqishga qaratilgan memorandum imzolangan edi.

7–9-aprel kunlari TDYUda CUDC 2-mavsumi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bunda ishtirokchilar – 70 nafar TDYU va JIDU talabalari o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.

Talabalarning kasbiy bilimlarini yanada chuqurlashtirish va ularni amaliyotda qoʻllash, sog‘lom raqobatni shakllantirish, yoshlar o‘rtasida notiqlik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan ikkinchi mavsum bahs-munozaralari rus va ingliz tillarida o‘tkazildi.

CUDC ikkinchi mavsumining ilk oʻyinlari yakuniga koʻra quyidagi natijalar qayd etildi:
Rus tilida bellashgan jamoalar orasida:

1-oʻrin – «Bodji va Despar» jamoasi (TDYU);
2-oʻrin – «Dayjest» jamoasi (TDYU);
3-oʻrin – «Markaziy adliya» jamoasi (TDYU);

Ingliz tilida bellashgan jamoalar orasida:

1-o’rin – «Inferno» jamoasi (TDYU);
2-o‘rin – «Outlaws» jamoasi (JIDU);
3-o‘rin – «Double trouble» jamoasi (JIDU);

G‘olib va ​​sovrindorlar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.