TDYU talabalari Yunusobod tumanidagi 9 ta mahalla fuqarolar yig‘inida xayriya tadbiri o‘tkazdi

Joriy yilning 24-aprel kuni TDYU talabalari tomonidan Yunusobod tumanidagi 9 ta mahalla fuqarolar yig‘inida Ramazon oyi munosabati bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur aksiyada universitet talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Xayriya doirasida hududlarda istiqomat qilayotgan 50 nafar kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.