Tashkent City parkida Yangi yil mavsumi ochilishi

Park barchani bayram oldi dasturiga taklif etadi.

Bugun park markazida joylaahgan, yorqin chiroqlar bilan porlayotgan Yangi yil archasi va bayram muhitida chiroqli dekoratsiyalar bilan bezatilgan yarmarkaning ochilishi boʻlib oʻtadi. 

Shuningdek, tashrif buyuruvchilarni koʻngilochar shou-dasturlar, festival, sovrinli tanlovlar, raqs ansambllari va oʻzbek estradasi yulduzi Alisher Fayz chiqishi kutmoqda.

Dastur 19:00da boshlanadi. Parkka kirish bepul, mashinada kirish 20 000 soʻm. 

Barchaga bayramona xordiq tilaymiz.