«Ta’lim va kasb-2022» xalqaro ko‘rgazmasi

15–27-aprel kunlari Toshkent shahri va Samarqand, Navoiy, Buxoro, Urganch va Farg‘ona viloyatlari abituriyentlari xorijiy oliy ta’lim muassasalari haqidagi dolzarb ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Rossiya, Belarusiya, Qozog‘iston, Malayziya, Koreya, Turkiya, Kipr va boshqa ko‘plab mamlakatlarning ta’lim muassasalari vakillari qabul jarayoni, yashash va o‘qish shartlari haqida ma’lumot berishadi.

Koʻrgazmaga kirish bepul. Havola orqali oʻtib, maxsus formani toʻldirish va roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.