«Ta’lim va kasb-2021» xalqaro ko‘rgazmasining ochilishi

Ushbu koʻrgazma xorijda ta’lim olish toʻgʻrisida maʼlumot berishga bag‘ishlangan bo‘lib, mamlakatimizning bir qator shaharlarida o‘tkaziladi.

Ushbu haftaning eng muhim voqeasi “Ta’lim va kasb-2021” xalqaro ko‘rgazmasining ochilishi bo‘ldi. Koʻrgazma xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda xorijda ta’lim olish bilan tanishishga bagʻishlangan. Tadbir O‘zbekistonning bir qator shaharlarida bo‘lib o‘tadi va yoshlar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ko‘rgazma orqali abituriyentlar xorijda taʼlim olish va yashash haqida aniq maʼlumotga ega bo‘ladilar, shuningdek koʻrgazma ishtirokchilariga dunyoning yetakchi mutaxassislari universitet taʼlim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun talaba qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerakligi haqida maʼlumot berishadi. Buning uchun tadbirga Rossiya Federatsiyasi, Belarussiya, Qozog‘iston, Singapur, Janubiy Koreya va boshqa ko‘plab davlatlar oliy o‘quv yurtlaridan rasmiy vakillar taklif etilgan.

Tadbir tashkilotchilari ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

• universitet haqida toʻliq maʼlumot olish, xususan, qabul jarayoni, fakultetlar, mutaxassislik, hujjatlarni topshirish muddatlari toʻgʻrisida;

• ko‘rgazmada ishtirok etuvchi oliy o‘quv yurtlari vakillaridan (prorektorlar, dekanlar, tanlov komissiyasi a’zolari) konsultatsiya olish;

• malaka oshirish va viza bilan ta’minlashning barcha masalalari bo‘yicha ekspert konsultatsiyasini olish, shuningdek, oʻsha yerning oʻzids taʼlim olish uchun ariza topshirish va tanlangan universitet uchun qabul jarayonini boshlash;

• muayyan davlatning taʼlim tizimi, madaniyati, turmush tarzi haqida batafsil maʼlumot olish, shuningdek, kerakli dasturni tanlash;

• tegishli soha mutaxassislarining fikrlari bilan tanishish.

Koʻrgazma yordamida har bir kishi oʻzi uchun qiziqarli va foydali maʼlumotlarni topishi, shuningdek, oʻzi uchun mos taʼlim tizimini topishi va oʻzi qiziqqan sohadagi universitetni tanlashi mumkin.

Koʻrgazma jadvali:

 • 12–13-noyabr Toshkent: International Hotel Tashkent (10:00-17:00);

 • 15-noyabr Samarqand: “Yoshlar bilan ishlash agentligi markazi” (10:00-16:00);

 • 17-noyabr, Navoiy: “Yoshlar bilan ishlash agentligi markazi” (10:00-16:00);

 • 19-noyabr Buxoro: “Yoshlar bilan ishlash agentligi markazi” (10:00-16:00);

 • 22-noyabr Urganch: “Yoshlar bilan ishlash agentligi markazi” (10:00-16:00);

 • 24-noyabr Farg‘ona: “Yoshlar bilan ishlash agentligi markazi” (10:00-16:00).

Koʻrgazmaga kirish bepul, ammo quyidagi havola orqali oʻtib roʻyxatdan oʻtishingiz kerak:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScBzkzwzG4VcnOoaXH0S2Z_jaLpZPLwsAZYZBRiFBVAW6VUdQ/viewform