Reyting. Eng ko‘p talabaning kontrakt pulini to‘lab bergan hokimliklar

Respublika bo‘yicha 6 ta tumanda loyiha doirasida murojaat qilgan talabalarning birortasiga kontrakt pullari to‘lab berilmagan

«Talabaga madad» — talaba-yoshlarning kontraktini to‘lab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng faol hokimliklar reytingi e’lon qilindi. Ro‘yxatni Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev taqdim etdi.

Unga ko‘ra, talabalar soniga nisbatan eng ko‘p talabaning kontrakt pulini to‘lab bergan hokimliklar orasida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligi yetakchilik qilgan (242 nafar talaba). Shuningdek, to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan eng ko‘p mablag‘ to‘lab bergan hokimliklar orasida Navoiy shahri hokimligi yetakchi.

Talabalar soniga nisbatan:

Sharof Rashidov tumani hokimligi — 242 nafar (662,7 million so‘m);

Navoiy shahri hokimligi — 176 nafar ( 807,2 million so‘m);

Karmana tumani hokimligi — 160 nafar (594,5 million so‘m);

Jizzax shahri hokimligi — 135 nafar (211,6 million so‘m);

Kasbi tumani hokimligi — 121 nafar ( 456,5 million so‘m);

To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi — 117 nafar (481,3 million so‘m);

Yunusobod tumani hokimligi — 114 nafar (636,8 million so‘m);

Farg‘ona shahri hokimligi — 111 nafar (506,8 million so‘m);

Nukus shahri hokimligi — 108 nafar (262,7 million so‘m);

Asaka tumani hokimligi — 105 nafar (453,5 million so‘m).

To‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan:

Navoiy shahri hokimligi — 807,2 million so‘m (176 nafar);

Sharof Rashidov tumani hokimligi — 662,7 million so‘m (242 nafar);

Yunusobod tumani hokimligi — 636,8 million so‘m (114 nafar);

Karmana tumani hokimligi — 594,5 million so‘m (160 nafar);

Yangi hayot tumani hokimligi — 521,2 million so‘m (87 nafar);

Olmazor tumani hokimligi — 513,3 million so‘m (89 nafar);

Farg‘ona shahri hokimligi — 506,8 million so‘m (111 nafar);

To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi — 481,3 million so‘m (117 nafar);

Chilonzor tumani hokimligi — 478,6 million so‘m (51 nafar);

Andijon tumani hokimligi — 458,1 million so‘m (82 nafar).

Alisher Sa’dullayevning yozishicha, respublika bo‘yicha 6 ta tumanda loyiha doirasida murojaat qilgan talabalarning birortasiga kontrakt pullari to‘lab berilmagan. Yoshlarning manfaati uchun bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.

«Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mazkur tizimni tushunib, yoshlar bilan ishlashga harakat qilib, ularning muammolarini tinglagani, talabalarga ilm olishida ko‘mak bergani uchun ushbu hokimliklarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Bu tizimni yanada takomillashtirish ustida ishlayapmiz, jarayon hali davom etadi», deb yozadi agentlik direktori. Avvalroq O‘zbekistonda talabalarning kontrakt to‘lash muddati uzaytirilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.