Test sinovlari vaqtida 64 yoshli abituriyentga yordam ko’rsatildi

10-avgust kuni 2-smenada Fargʻona davlat universiteti stadionida o‘tkazilgan test sinovida abituriyent M.O.Ochilov (64 yosh) test topshiriqlarini ishlab bo‘lganidan so‘ng ko‘zi yaxshi ko‘rmasligini, chiroq yorug‘ida javoblarni belgilashda doirachalarni adashtirib yuborayotganini aytib, javoblarni ko‘chirib berishda yordam so‘ragan.

Holat Davlat test markazi xodimlari tomonidan ko‘rib o‘rganilgan hamda abituriyentga test topshiriqlari kitobida belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga bo‘yash uchun shu guruhdagi test topshiriqlarini ishlab bo‘lib, topshirgan abituriyent (M.M.Axmadaliyeva) tomonidan yordam ko‘rsatilgan.

Bunda yordam so‘ragan abituriyent (M.Ochilov) qaysi savolga qaysi javobni begilash kerakligini aytib turgan va yordamchi abituriyent (M.Axmadaliyeva) javoblar varaqasiga bo‘yashga yordam bergan.

Jarayon guruhdagi qolgan abituriyentlarning roziligi asosida Davlat test markazi xodimlari va guruh nazoratchilari kuzatuvi ostida amalga oshirilgan.