Talabalar yotoqxonadan majburan chiqarib yuborilmaydi

O’quv yilining boshida Tashkent Index savdo-ishlab chiqarish majmuasida poytaxt universitetlari talabalari uchun vaqtinchalik yotoqxona ochilgani to’g’risida ma’lumot berilgandi.

«Shu kunlarda majmuada sovuq ob – havo sharoitida yashash uchun yetarli sharoitlar mavjud emasligini hisobga olib, oliy o’quv yurtlarining talabalar turar joylarida qo’shimcha joylar yaratish hamda ba’zilarida yangi yotoqxonalar qurish orqali talabalarni ko’chirish ishlari tezlashdi», – deya ta’kidladi vazirlik.

Talabalar turar joylariga o’tishni istamagan talabalar xohlagancha Tashkent Index-da qolishlari mumkin.