Talabalar qon tahlili orqali mikroelementlar yetishmovchiligini aniqlaydigan qurilma yaratdilar

RXDU universiteti (Rossiya xalqlar do’stligi universiteti) talabalari qon tekshiruvi yordamida vitaminlar va mikroelementlarning yetishmasligini tezda aniqlashga imkon beradigan ko’chma qurilmani yaratdilar. Qurilma «Umumjahon texnologik tadbirkorlik platformasi» federal loyihasi doirasida ishlab chiqildi.
 
Loyiha noto’g’ri ovqatlanish tufayli kelib chiqqan kasalliklarni dastlabki bosqichlarida aniqlashga yordam beradi. Qurilmaning tarqalishi semirib ketgan va ovqatlanishi buzilgan odamlar sonini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Laboratoriya namunasini sinovdan o’tkazish keyingi ikki yilga rejalashtirilgan.