Volontyor talabalar Markaziy bankning moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasida ishtirok etadilar.
G.V. Plexanov nomidagi RIU Toshkent filiali tomonidan 2022-yil mart oyida volontyor talabalarning moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha treninglar oʻtkazildi. Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mutaxassislari tomonidan tashkil etildi.
“Noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi moliya va iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi volontyor talabalar tomonidan yoshlar uchun moliyaviy savodxonlikni oshirish va oqilona moliyaviy xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishdan iborat.
Mashgʻulotlardan soʻng G.V. Plexanov nomidagi RIU Toshkent filialining talaba volontyorlarining o‘zi ham Toshkent shahridagi noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha navbatdagi treninglarni o‘tkazdi.
Volontyorlar 2022-yil 4–9-aprel kunlari mustaqil ravishda quyidagi oliygohlarda treninglar o‘tkazdilar:
- Toshkent davlat transport universiteti;
- Toshkent davlat irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti;
- Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
- Toshkent davlat yuridik universiteti;
- Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti;
- Toshkent davlat sharqshunoslik instituti;
- Toshkent arxitektura-qurilish instituti.