NDUda talaba va shoir uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Tadbir tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazildi.  Qayd etilishicha, she’riyat kechasida fakultet dekani A.Baratov, shoir va yozuvchilar Boqiy Mirzo, Zohijon Sodiqov, shuningdek, o‘qituvchilardan A.Sobirxonov, M.Po‘latova, E.Haydarov, X.Hakimova va 200ga yaqin talabalar ishtirok etdi.

She’riy mavzulardagi bahs-munozaralar bilan bir qatorda koʻplab talabalarda qiziqish uygʻotgan bahrubayt musobaqasi ham o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida barcha ishtirok etgan talabalar mehmonlar qalamiga mansub saralangan asarlar va kitoblar bilan taqdirlandilar.