Talaba pulni tejash uchun sabzavot yetishtira boshladi

Angliyalik Archie Molt ismli Kenterberi Kris Cherkov Universitetining 3- kurs talabasi, moliyalashtirishni yaxshi biladigan talabalarni oziq-ovqat bilan taʼminlash uchun kampusda issiqxona barpo qildi. Bu talaba yashash inqiroziga javoban oʻzining issiqxona jamiyati bilan javob qaytardi va buni uddaladi.

Angliyadagi universitet mansabdorlarning taʼkidlashicha: “Hozirda taxminan 9000 funt sterling boʻlgan yillik oʻqish toʻlovlari inflyatsiyaga mos ravishda koʻtarilishi kerak, bu esa 13,000 funt sterlinggacha oʻsishini anglatishi mumkin”.

Bu degani inflyatsiya darajasi sababli, oʻqish xarajatlari va oziq-ovqat narxlari koʻtarilishni davom etadi. Bu esa har qanday talaba uchun toʻlovlarni yana oʻsishini anglatadi. Ammo shunga qaramay talabalar oʻzlarining hayotini yaxshilash maqsadida yangidan-yangi gʻoyalarni yaratishmoqda.

Archie Moltning aytishicha, u oʻzining piyoz, kartoshka va pomidorlarini issiqxona  orqali yigʻib, kursdoshlariga beradi.

«Biz boshida issiqxonalarni koʻrib: nega ularni yashash xarajatlari inqirozi paytida oziq-ovqat yetishtirish uchun ishlatib boʻlmaydi? deb oʻyladik» – dedi u.

Talaba hayoti va xarajatlarini kamaytirish maqsadida qilingan ajoyib issiqxona nafaqat talabaning oʻzi balki, kursdoshlarini ham sabzavotlar bilan taʼminlamoqda.

Manba: https://www.bbc.com/news/articles/czegnyzn0kpo