Talaba kontrakt pulini to‘lash uchun jinoyatga qo‘l urdi.

Farmatsevtika instituti talabasi 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U keyinchalik sotish maqsadida kuchli narkotik vositalarini sotib olgani uchun hibsga olingan. Talaba ikkinchi marta bunday jinoyatga qo‘l urgan.

Shartnoma summasi 158 million so‘mni tashkil etadi. Qizning aytishicha, jinoyat uchun sabab taʼlim olish istagi boʻlgan. Bundan tashqari, talabaning tez orada turmush qurishi rejalashtirilgani xabar qilindi.

Talaba qiz keyingi 4 yilni koloniyada oʻtkazadi.