Talaba bo’lishga yanada ko’proq imkoniyat

Bugungi kunda tibbiyot universitetlari soni 11 taga etdi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi universitet va institutlarda 6 ta tibbiyot fakulteti tashkil etildi.

Rossiya, Koreya, Germaniya, Belorusiya, Turkiya, Ukraina, Hindiston, Italiya, Xitoy, Polshaning 22 ta universiteti, 12 ta bakalavriat yo’nalishi, 10 ta magistratura mutaxassisligi va 8 ta klinik rezident mutaxassisliklari bo’yicha xalqaro qo’shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash tizimi yaratildi.

Universitetlar soni qancha ko’p bo’lsa, talaba bo’lish ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi.