Buyuk Britaniyada talaba insho yozish uchun sun’iy intellektdan foydalandi. Gap shundaki, Hanna ismli talaba Covid bilan kasallangan davrida imtihon javobini topish maqsadida birinchi marta, generativ sun’iy intellektdan foydalangan.
Talaba Covid bilan kurashayotgan paytda umidsizlikka tushgan shuningdek, belgilangan vaqtda vazifalarni topshira olmasligidan qo‘rqib, insholardan birini yozishda sun’iy intellektdan foydalanishga majbur bo‘lgan.
Oqibatida, universitet akademik huquqbuzarliklar bo‘limi tomonidan talaba vazifani ko‘chirgani aniqlangan. Plagiat uchun talaba o‘qishdan chetlatilishiga bir bahiya qolganda, vazifalaridagi foiz past chiqib zo‘rg‘a qutulib qolgan.
Hanna boshqa talabalarga ogohlantirish sifatida shunday dedi:
“Meni haydab yuborishlari mumkin edi. Menga qarshi keltirilgan dalillarning kamligi va foiz ko‘rsatkichining pastligi tufayli men oqlandim. Men bu yo‘lni tanlaganimdan juda afsusdaman, shu vaqtgacha ko‘plab birinchiliklarni qo‘lga kiritgan edim ammo shu bir xato tufayli barchasi barbod bo‘lishiga sal qoldi”