Sunʼiy intellekt universitetida hujjatlar qabuli boshlandi

Abu-Dabidagi Sunʼiy intellekt universiteti barcha xohlovchilar uchun magistratura va aspiranturada taʼlim olish imkoniyatini taklif etadi.

Ushbu taʼlim muassasasi 2019-yilda tashkil etilgan boʻlib, jahondagi sunʼiy intellekt sohasiga ixtisoslashgan birinchi universitet hisoblanadi. Ixtisosligi tufayli aspirantlar sunʼiy intellekt sohasidagi yangi ishlanmalar va texnologiyalarni targʻib qilishi mumkin. Taʼkidlash lozimki, MBZUAI dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik kelishuvlari yordamida barcha talabalar uchun stajirovka dasturlarini taklif etishi mumkin.

Shuningdek, universitet qabul uchun zarur hujjatlar roʻyxatini eʼlon qilgan. Ular qatorida akkreditatsiyadan oʻtgan yoki BAA Taʼlim vazirligi tomonidan tan olingan universitetda STEM yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasi bor. Shu oʻrinda, minimum CGPA 3,2 (4 balli shkalada) yoki uning ekvivalentiga ega oxirgi kurs talabalari ham hujjat topshirishi mumkinligi aytib oʻtilgan. Bundan tashqari, ingliz tilini bilish darajasini koʻrsatish uchun TOEFL iBT (minimum 90 ball), IELTS Academic (minimum 6,5 ball), EmSAT English (1 500 balldan yuqori) sertifikatlari va MBZUAIda taʼlim olish uchun kamida 2 ta sabab koʻrsatilgan 800 ta soʻzdan iborat esse yuborilishi lozim.

Universitet, oʻz oʻrnida, kompyuter koʻrishi, mashinaviy oʻrganish va taʼlimning natural tillari sohalari boʻyicha taʼlim olishni hamda ishlash va yashash uchun kampus taklif etadi.

Shuni ham taʼkidlash joizki, oʻquv yili boshlanishi 2022-yilning kuzida boshlanishi rejalashtirilgan, hujjatlar va onlayn arizalar topshirish esa 30-aprelgacha davom etadi