Ushbu xalqaro insholar tanlovi har yili o‘tkaziladigan tanlov bo‘lib, u global muammolarni hal etishda ijodkor va g‘ayratli yoshlar ongini jalb qilish maqsadida tashkil etiladi. Tanlov jamiyatni va dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkinligi haqida fikr yuritishga ilhomlantirish uchun yaratilgan.
Tanlov “The Goi Peace Foundation” ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, YUNESKO dasturiga ham kiritilgan.
Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:
- 25 yoshdan katta bo’lmaslik;
- ingliz, fransuz yoki yapon tillarida berilgan mavzu bo’yicha 700 tagacha so’zdan iborat insho yozish.
G‘oliblar sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi (450 dan 900 dollargacha).
Arizalarni qabulining oxirgi muddati: 15-iyun.