Sony’dan xalqaro talabalar fototanlovi
Talabalar uchun Sony World Photography Awards xalqaro fototanlovi e’lon qilindi. Dedlayn – 2021-yil 30-noyabr.
Ayni damda foto-san’at sohasida ta’lim olayotgan 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha xohlovchilar ishtirok etish mumkin. Buning uchun roʻyxatdan oʻtish va surat yoki suratlar toʻplamini biron mavzuga oid kichik tavsif bilan tanlov saytida qoldirish lozim.
Fotosuratlar istalgan uskuna yoki texnikada olinishi mumkin.
Tanlovning muhim talabi – oʻz ishingizning tanlangan mavzu bilan aloqasini koʻrsatish va tushuntirib berishdan iborat.
Gʻolibga «Yilning talaba fotografi» nominatsiyasi hamda qiymati 30 000 yevroga teng eng yaxshi raqamli suratni qayta ishlash apparati Sony taqdim etiladi. Bundan tashqari, tanlov gʻolibi tahsil olayotgan oliygoh alohida taqdirlanadi va Sony fototexnikasi bilan taqdirlanadi.
Hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olingan 10 taishtirokchilar portfoliosiga ekspertlar bahosi beriladi, shuningdek, ularga koʻrgazmada ishtirok etish, WPO saytida oʻz asarlarini namoyish etish hamda estalik kitobiga kiritiladi.
Tanlov tashkilotchisi – World Photography Organisation.
Tanlov haqida batafsil bu yerda ma’lumot olish mumkin.
Huawei’dan xalqaro fototanlov
Huawei Next-Image xalqaro fototanlovi e’lon qilindi. Dedlayn – 2021-yil 30-noyabr.
Barcha HUAWEI telefoni sohiblari qatnashishi mumkin. Buning uchun roʻyxatdan oʻtish va tanlangan kategoriya boʻyicha saytda fotosurat yoki video joylash lozim. Har bir ishtirokchi oʻttizta gacha ariza qoldirishi mumkin: bitta fotosurat, bitta jamoaviy ish yoki bitta video alohida ariza hisoblanadi.
Fotosurat yoki videolar quyidagi kategoriyalar boʻyicha qabul qilinadi:
• Portret. Avtoportretlar, yuz, yaqindan olingan yoki obyektlar siluetini oʻz ichiga olgan boshqalarning portretlari yoki jamoaviy suratlar.
• Monoxrom. Qiziqarli lahzalarni suratga olish, his-tuygʻular bilan boʻlishish yoki suratga oluvchining innovatsion shaxsiyatini namoyish qilish uchun faqat qora va oq ranglardan foydalanish.
• Rang. Suratlarni oʻz noyob qarashlari va olamni ifodalashda fotosuratlarni ranglar bilan boyitish.
• Surat. Hayotning eng muhim onlari yoddan chiqmasligi uchun ularni muhrlash.
• Tungi. Past yorugʻlik yoki qorongʻi sharoitida noyob momentlarni suratga olish.
• Telefoto. Peyzaj yoki emotsiyalarni boshqa burchakdan aks ettirish uchun teleobyektivdan foydalanish.
• Super keng burchak. Peyzaj yoki emotsiyalarni boshqa burchakdan aks ettirish uchun keng burchakli obyektivdan foydalanish.
• Super makros. Peyzaj yoki emotsiyalarni boshqa burchakdan aks ettirish uchun makro kameradan foydalanish.
• Hikoya yaratuvchisi. 15 daqiqadan uzoq boʻlmagan hikoyalarni suratga olish.
• Hikoyachi. Emotsiyalar yoki trendlar bilan bogʻliq mavzu boʻyicha 3 tadan 9 tagacha fotosuratlar toʻplami.
Gʻoliblar ishtirok kategoriyasiga koʻra taqdirlanadi:
Uchta bosh sovrin
• Uchta bosh sovrin jamgʻarma fondi – 10 000 AQSH dollari
• Elektron sertifikat
Kategoriya goʻliblari (27 ta sovrin)
• Jamgʻarma fondi – 1 000 AQSH dollari
• Elektron sertifikat
Har bir kategoriya finalistlari (30 ta sovrin)
• HUAWEI 3 soati
• Elektron sertifikat
Student Focus premiyasi laureatlari (10 ta sovrin)
• Jamgʻarma fondi – 1 000 AQSH dollari
• HUAWEI P50 smartfoni
• Elektron sertifikat
Tanlov tashkilotchisi – Huawei.
Tanlov haqida batafsil bu yerda ma’lumot olish mumkin.
Hamdan’dan xalqaro fototanlov
HIPA 2021-2022 xalqaro fototanlovi e’lon qilindi. Dedlayn – 2021-yil 30–noyabr.
18 yoshdan katta iqtidorli fotograflar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun roʻyxatdan oʻtish va tanlangan kategoriya boʻyicha asarga nom berib, qisqa ta’rif bilan saytga yuborish kerak.
Tanlov mavzusi – «Tabiat».
Fotosuratlar quyidagi kategoriyalar boʻyicha qabul qilinadi:
• Tabiat
• Portfolio
• Umumiy (2 kategoriyani oʻz ichiga oladi: qora-oq surat va rangli surat).
• Portret
Barcha kategoriyalarda rangli va oq-qora suratlarni taqdim etish mumkin («Rangli» kategoriya bundan mustasno). «Portfolio» kategoriyasida bir mavzuga oid 5-10 suratdan iborat toʻplam taqdim etilishi lozim. Video kategoriyasida video qabul qilinadi.
Tanlov bosh sovrini 120 000 AQSH dollari boʻladi. Barcha kategoriyalar boʻyicha 5 ta eng yaxshi ishni taqdim etgan mualliflar quyidagicha taqdirlanadilar:
• «The Photography Appreciation Award» – 20 000 AQSH dollari
• «The Photography Content Creator Award» –15 000 AQSH dollari
• «The Emerging Person/Organisation in Photography Award» – 10 000 AQSH dollari
Tanlov tashkilotchisi – Hamdan.
Tanlov haqida batafsil bu yerda ma’lumot olish mumkin.