Siriusda talabalar shaharchasi quriladi

Sirius federal hududida 17,5 ming kishiga mo’ljallangan jahon darajasidagi talabalar shaharchasi quriladi. Keng ko’lamli loyiha o’tgan yili Rossiya federatsiyasi ta’lim va fan vazirligi tomonidan e’lon qilingan tanlov g’oliblari qatoriga kirdi. 39 ta arizadan eng yaxshi to’qqiztasi tanlandi. Kuni kecha g’oliblar Rossiya hukumati yig’ilishida e’lon qilindi.

Federal hudud kengashi raisi Elena Shmelevaning so’zlariga ko’ra, Sirius Rossiyaning barcha hududlaridan iqtidorli yoshlar, ilmiy – pedagogik xodimlar, olimlar, yuqori texnologiyali rezident kompaniyalar xodimlari yig’iladigan noyob joy.

Bo’lajak kampus o’qish, ishlash, bo’sh vaqt va to’liq hayot uchun qulay shahar muhitiga ega bo’lgan keng qamrovli ilmiy va ta’lim markazi. Uning hududida talabalar turar joyi, tibbiyot klinikasi, o’quv binosi, universitet xodimlari va innovatsion ilmiy-texnologik markaz rezidentlari uchun ijara uylari, Sirius universitetining zamonaviy laboratoriya majmuasi joylashgan fan va san’at bog’i joylashadi.