Shveyssariyada yozgi tadqiqotlar

2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha talabalar uchun Syurixda tadqiqot dasturi. Dedlayn – 2021-yil 15-dekabr. 

Kompyuter fanlari fakulteti bakalavr va magistratura talabalari uchun yangi yozgi tadqiqot loyihasini taklif etadi.

Tadqiqotlarni quyidagi yoʻnalishlarda olib borish mumkin: 

• Theory and Algorithms

• Networked Systems and Parallel Computing

• Pervasive Computing and Cyberphysical Systems

• Information and System Security

• Data Management and Machine Learning

• Programming Languages and Software Engineering

• Visual Computing

Nomzod tadqiqot dasturiga qabul qilinishi bilan, tashkilotchilar unga viza olish va turar joy topishda yordam beradi. Dastur ishtirokchilari yashash va boshqa asosiy xarajatlarini qoplash uchun har oy 1 750 Shveysariya franki miqdorida stipendiya oladilar. Shuningdek, yoʻl va viza xarajatlari toʻlab beriladi.

Talablar: 

• dasturga bakalavr bosqichini tamomlashiga 1 yilqolgan yoki magistratura bosqichiga qabul qilingan talabalar ariza topshirishlari mumkin;

• talabalar kompyuter fanlariga oid yoʻnalishlarda (informatika, elektromuhandislik, matematika, fizika va boshqa dasturlar) taʼlim olishi kerak;

• ingliz tilini aʼlo darajada bilish;

• tashkilotchilar 2 oylik (iyul va avgust) dasturni toʻlab beradilar. Dasturda koʻzda tutilmagan imtihon va sayohatlar qoplanmaydi.

Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.