9-mart kuni Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tashabbusi bilan «Devon adabiyotining so‘nggi mashhur shoiri» mavzusidagi tadbir tashkil etildi.
Vebinarda Turkiyaning Oqsaroy universiteti doktori va dotsenti Abdulmutalib Ipek turk adabiyotidagi devoniy adabiyoti va Shayx G‘olibning uning rivojida tutgan o‘rni, asarlarining mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi.
Ta’kidlash joizki, vebinarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi, o‘qituvchilar esa o‘z fikr va tajribalari bilan boʻlishdi.