Sertifikatga ega maktab oʻquvchilari tegishli maktab imtihonidan ozod qilinadi

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Maktab pedagogik kengashining qaroriga asosan quyidagi oʻquvchilar yakuniy nazorat imtihonlarini topshirishdan ozod etiladi:

  • Davlat test markazi tomonidan berilgan umumiy fan bo‘yicha bilim darajasi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan oʻquvchilar;
  • B1 yoki undan yuqori darajadagi chet tilini bilish milliy yoki xalqaro sertifikatiga ega boʻlgan oʻquvchilar.

Sinf rahbari yigʻilishdan kamida 10 kun oldin ishchi guruhga sertifikatlar va sertifikat nusxalari bilan oʻquvchilar roʻyxatini taqdim etishi lozim.