Sentyabr oyidan boshlab o‘qituvchilarga ish haqining 50 foizigacha qoʻshimcha ish haqi to‘lanadi

O‘zbekistonda 1-sentyabrdan boshlab ayrim o‘qituvchilarning oylik maoshi 50 foizgacha oshiriladi

C1 darajasidan yuqori boʻlgan turli xalqaro yoki milliy malaka sertifikatlariga ega boʻlgan oʻqituvchilar maoshiga qoʻshimcha haq qoʻshiladi.

Davlat test markazi sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ish haqining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha haq beriladi.

Taʼkidlash joizki, qoʻshimcha haq umumiy taʼlim fanlari boʻyicha sertifikatning amal qilish muddati davomida, uch yildan ortiq boʻlmagan muddatda toʻlanadi.

Shu bilan birga, Prezident qarorida 1-sentyabrdan boshlab o‘rta ta’lim muassasalari va bolalar kutubxonalari xodimlarining maoshi miqdori 1,2 barobarga oshiriladi.