Selfi tushayotgan talaba yiqilib vafot etdi

Hindistonning Dhar tumanidagi Indor kollejining oxirgi bosqich talabasi Johibhadak sharsharasining baland nuqtasidan qulab tushib vafot etdi. 

Dhamnod politsiya mas’ul bo‘limi boshlig‘i Santosh Dudhi bayonotida shunday deydi: 

“Indor shahri talabasi va uning do‘sti bo‘lgan Rikita Shukla yakshanba kuni Johibhadak sharsharasigasayr qilish maqsadida kursdoshlari bilan borgan. Ular jami 40 nafarni tashkil qilgan. Guvohlarning aytishicha, talaba Karam daryosining suvi tushadigan joyga yaqinlashib deyarli 600 futlik chuqurlikka tushib ketgan”

Politsiya mahalliy qishloq aholisi yordamida uning jasadini topib, tuman sog‘liqni saqlash markaziga jo‘natgan. Baxtsiz hodisadan talabaning ota-onasiga xabar qilingan.

Manba:https://timesofindia.indiatimes.com/city/indore/mba-student-falls-into-gorge-while-posing-for-picture-dies/articleshow/117866749.cms