SamDUda Nobel mukofoti laureati nomidagi laboratoriya ochildi

SamDUda Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar nomidagi laboratoriyaning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ishtirokchilar kimyo bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori, AQShning Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjarning nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyo ilm-fan rivojiga qo’shgan hissasini tan olishdi.

Yig’ilganlar laboratoriya imkoniyatlari, talabalar amaliyoti uchun taqdim etilgan uskunalar bilan tanishdilar.

Shuningdek, professor Aziz Sanjar universitet talabalari bilan muloqot qilib, ilm-fanning O’zbekiston hayotidagi o’rni va O’zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr bildirdi.