Gretsiyaning Iraklion shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida Samarqand davlat universitetining 3 nafar talabasi O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Samarqand davlat universiteti talabasi Sharofiddin Amriddinov siltab ko‘tarishda oltin va kumush medalni qo‘lga kiritib, mutlaq jahon chempioni bo‘ldi.
Xojiakbar Olimov esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Universitetning yana bir talabasi Og‘abek To‘xtayev xalqaro ekspertlar tomonidan eng yaxshi sportchi deb topildi. Umumiy hisobda, Samarqand davlat universiteti talabalari 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.