Samarqand shahrida taʼlim forumi oʻtkaziladi

Samarqand shahrida Oʻzbekiston-Rossiya 3-taʼlim forumi oʻtkaziladi. 26–27-oktabr kunlari oʻtkaziladigan forumda Oʻzbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.