“Oq kiyimdagi qahramonlar” esdalik barelyefi COVID-19 pandemiyasi davrida oʻz hayotini qurbon qilgan shifokorlarga bagʻishlangan.
Bugun Samarqand viloyatida to‘rt mingga yaqin shifokor koronavirusga chalingan bemorlarga yordam bermoqda. Afsuski, 16 nafar shifokor ushbu kasallikdan vafot etdi.