Rossiyadagi Volxov daryosida to‘rt nafar hindistonlik talaba cho‘kib ketdi

Novgorod davlat universitetining 4 nafar talabalari Volxov daryosi bo‘ylab sayr qilayotganlarida tasodifan suvga yiqilib, cho‘kib ketdi. Talabalar – 18-20 yoshli ikki o’g’il va ikki qiz bo‘lgan, Velikiy Novgorod shahridagi universitetda tahsil olishgan.

Jalgaon tumani hokimi Ayush Prasadning aytishicha, talabalarning jasadlarini Hindistonga olib kelish choralarini ko‘rmoqda. Cho‘kib ketgan talabalarning ikkitasi Jishan va Jia aka-uka edi. Ular Maxarashtra shtatining Jalgaon tumanidagi Amalner shahrida tug‘ilgan.

Hindistonning Rossiyadagi elchisiga yo‘llagan maktubida Yaroslaviy Novgorod davlat universiteti ma’muriyati fojiaga hamdardlik bildirdi.

«Talabalar Volxov daryosi bo’yida, kechqurun, o’qishdan bo’sh vaqtlarida shahar plyajida sayr qilishgan. Fojia tasodifiy sunami bo‘lib ularni olib ketgan. Nisha Bhupesh Sonawane tirik qoldi. Hozir u tibbiyot xodimlarining nazoratida», – deydi universitet rasmiysi.

Manba:https://www.ndtv.com/indians-abroad/indian-student-was-on-video-call-with-family-moments-before-drowning-in-russia-5837170